Maradonaning tibbiy ekspertiza natijalari ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1038
25 noyabr kuni vafot etgan Diego Maradona tanasi tibbiy ekspertizadan o'tkazildi.
Tahlil natijalariga ko'ra, Maradonaning o'limiga surunkali yurak etishmovchiligi natijasida o'pkaning keskin shishib ketishi sabab bo'lgan. Bundan tashqari, Diegoning yurak bo'lmalari kengaygani aniqlangan. Shuningdek, JCh-1986 g'olibining yuragi me'yordan ikki marta katta ekani ma'lum bo'lgan.
Sobiq futbolchining qon va peshobidan tahlil uchun olingan. Bu orqali uning organizimida zararli moddalar, xususan alkogol va narkotik moddalarning bor-yo'qligi aniqlanadi.
Eslatib o'tamiz, Argentina prokuraturasi Maradonaning o'limi yuzasidan jinoiy ochgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!