Maradonaning o'g'li otasining dafn marosimida ishtirok eta olmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 789

Mashhur futbol afsonasining uzoq davom etgan dafn marosimida uning o'g'li Diego Sinagra ishtirok eta olmadi.
Manbalarda qayd etilishicha, Sinagra va uning oilasi avvalroq koronavirusga chalingan bo'lib, hali ham to'liq tuzala olmagan. Shu sababli u bugungi marosim uchun ijtimoiy tarmoqda post qoldirish bilan kifoyalandi.
«Og'irgi test natijalariga ko'ra, barchamizda
hali ham simptomlar mavjudligi aniqlandi. Otamning so'nggi damlarda yonida emasligimdan afsusdaman. Yaqinda biz birgalikda tug'ilgan kun bazmini nishonlagan edik. Hozir esa bunga ishonish qiyin bo'lyapti. Qaniydi, bu damlar boshimizda bo'lmaganda edi», - deydi futbolchi o'z Instagram sahifasida.
Eslatib o'tamiz, Diego Sinagra «Napoli» tarbiyalanuvchisi hisoblanib, hozirda "Villa Literno" klubida o'ynab keladi.
Manba: soccernews
Bosh sahifaga
146