So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Ronaldu «Benevento»ga qarshi bahsda maydonga tusha olmaydimi?!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 678
«Yuventus» forvardi Krishtianu Ronaldu A Seriya navbatdagi turi doirasida «Benevento»ga qarshi bahsni o'tkazib yuborishi kutilmoqda.
Bu haqda "Sports Italia" portali xabar bermoqda. Jamoa bosh murabbiyi Andrea Pirlo bu safar og'ir o'yinlardan so'ng portugaliyalik futbolchiga dam berishni rejalashtirgan. Italiyalik mutaxassis ertangi bahsda jiddiy rotatsiya ishlariga qo'l urish niyatida. «Benevento» ga qarshi bahsni old chiziqda katta ehtimol bilan Dibala, Morata va Kulusevski triosi boshlashi kutilmoqda.
Shu bilan birga umumjamoa mashg'ulotlarga Leonardo Bonuchchi qaytgan bo'lsa, Demiral va Kellinilar hali ham jarohatdan forig' bo'la olishmagan.
Eslatib o'tamiz, «Benevento» hamda «Yuventus» uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan 22:00 da start oladi.