"Chelsi" sardori "London derbisi" haqida fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 488
Londonning «Chelsi» klubi sardori Sesar Aspilikueta APLning 10-tur doirasida «Tottenxem» klubiga qarshi bo'lib o'tadigan uchrashuvdan avvalgi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Bu «Stemford Bridj»da o'ziga xos muhit bo'ladigan o'yinlardan biri.
Har yil barchasi o'zgacha bo'ladi va ularga qarshi o'yinlarda yaxshi natijalarga erishganmiz. Umid qilamanki, «shporlar»ni «Stemford Bridj»da mag'lubiyatga uchratishda davom etamiz.
Biz har doim Londonning eng yaxshi jamoasi bo'lishga harakat qilamiz.
«Chelsi» hozir yaxshi formada, umid qilamanki, jamoa o'tgan yilgi natijalarini yaxshilaydi va yuqori saviyaga chiqadi», – dedi Aspilikueta.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!