Modrich: "Inter"ga qarshi bahs finaldek o'tishini aytgandim"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 500

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Madrid Luka Modrich EChL doirasida «Inter» ustidan qo'lga kiritilgan g'alaba haqida fikr bildirdi.
«Ushbu bahs finalga o'xshashligini aytgandim. O'yinni ajoyib tarzda o'tkazdik va haqli ravishda g'alaba qozondik. Biz bir-birimiz uchun kurashdik va ko'plab yaxshi fazilatlarimizni namoyish etdik.
Tarkibdagi asosiy futbolchilarning yo'qligi sababli, biz individual mahoratimizni ko'rsatishimiz kerak edi. Biz jamoamizning ruhiyatini va irodasini namoyish etdik. Ko'rsatgan o'yinimizdan qoniqdik», - dedi Modrich.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
167