11 yil avval Maradona boshchiligidagi Argentina "Paxtakor-79"ni xotirlagandi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 467

Bundan 11 yil avval, 2009 yilning 12 avgust kuni kecha vafot etgan Diego Armando Maradona boshchiligidagi Argentina terma jamoasi Moskvada Rossiya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushgandi.
O'sha uchrashuv boshlanishidan avval har ikki terma jamoasi futbolchilari 1979 yili aviahalokat tufayli hayotdan ko'z yumgan Toshkentning "Paxtakor" jamoasini xotirlagandi.
Rossiya - Argentina 2:3
O'rtoqlik uchrashuvi. 12.08.2009 yil. Moskva «Lokomotiv» stadioni, 28800 tomoshabin
Hakam: Frank de Blekere (Belgiya).
Rossiya: Igor Akinfeev, Aleksandr Anyukov, Denis Kolodin (Vasiliy Berezutskiy, 76), Sergey Ignashevich, Renat Yanbaev, Igor Denisov, Igor Semshov (Pavel Pogrebnyak, 82), Sergey Semak (Alan Dzagoev, 58), Konstantin Ziiryanov, Andrey Arshavin (k), Aleksandr Kerjakov (Roman Pavlyuchenko, 46).
Bosh murabbiy: Gus Xiddink (Gollandiya).
Argentina: Mariano Gonsalo Anduxar, Xaver Dzanetti, Nikolas Burdisso (Daniel Alberto Dias, 46), Nikolas Otamendi (Emilyano Papa, 46), Gabriel Xayntse, Rodriges Maksi (Xesus Datolo, 58), Xaver Maskerano (k), Mario Bolatti (Sebastyan Battalya, 67), Xonas Guterres, Serxio Aguero (Eskuel Lavessi, 63), Diego Milito (Lisandro Lopes, 46).
Bosh murabbiy: Diego Maradona.
Gollar: Semshov (17), Aguero (45), Lopes (46), Datolo (59), Pavlyuchenko (78).
Ogohlantirishlar: Guterres (85).

Bosh sahifaga
165