"Bavariya" ustozi: "Birinchi bo'limda o'zimizga muammo ortirib oldik"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 456

Myunxenning «Bavariya» klubi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik EChL doirasida Avstriyaning «Red Bull Zaltsburg» (3:1) klubi ustidan qo'lga kiritilgan g'alaba haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Bugun guruhdan chiqish masalasini o'z oldimizga maqsad qilib qo'ygandik. Biroq, birinchi bo'limda oddiy vaziyatlarda to'pni yo'qotib, o'zimizga muammo ortirib oldik. Ikkinchi bo'limda yaxshi o'yin namoyish etdik, hatto ko'rsatilgan qizil kartochka o'yinimizga salbiy ta'sir ko'rsatmadi.
To'rtta o'yinning barchasida g'alaba qozonganimizdan xursandman. Bugungi samaradorlikdan qoniqdim, orqamizda esa dunyoning eng yaxshi darvozaboni bor», – dedi murabbiy.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
211