Gvardiola EChLda rekord o'ynatdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 468

Angliyaning «Manchester Siti» klubi EChL doirasida Gretsiyaning «Olimpiakos» klubini (1:0) mag'lubiyatga uchratdi va turnirning 1/8 final yo'llanmasini naqd qilib qo'ydi.
«Shaharliklar» ustozi Xosep Gvardiola esa o'zi boshqargan jamoalarni qatorasiga 12-marta EChLning pley-off bosqichiga olib chiqdi. Bu – musobaqa rekordi, deya xabar tarqatmoqda Opta Sports.
Gvardiola murabbiylik faoliyati davomida «Barselona» va «Bavariya» klublarini ham guruhdan keyingi bosqichga olib chiqqan.
«Manchester Siti» EChLdagi navbatdagi uchrashuvini 1 dekabr kuni safarda «Portu» klubiga qarshi o'tkazadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
202