«Bavariya» «Atletiko»ni evrokuboklardagi rekordini takrorladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 524

Myunxenning «Bavariya» klubi EChLning 4-tur doirasida Avstriyaning «Red Bull» (3:1) klubini mag'lubiyatga uchratdi.
Ushbu g'alaba myunxenliklarning evrokuboklardagi ketma-ket 16-g'alabasi bo'ldi va Madridning «Atletiko» klubi ko'rsatgan natijani takrorladi.
«Bavariya» guruh bosqichidagi 4 ta o'yinda g'alaba qozondi, UEFA Superkubogida «Sevilya»ni mag'lubiyatga uchratdi va EChLning 2019/2020 mavsumda 11 marta raqiblarini dog'da qoldirdi.
«Atletiko» esa 2011 yildan 2012 yilgacha bo'lgan davrda Evropa Ligasi va UEFA Superkubogida ketma-ket 16 ta g'alabani qo'lga kiritgan.
«Bavariya» 1 dekabr kuni Madridda «Atletiko» klubi bilan o'ynaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
241