"Atalanta" ustozi: "Bunday jamoani mag'lubiyatga uchratish ajoyib"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 337

Italiyaning «Atalanta» klubi bosh murabbiyi Jan Pero Gasperini EChL doirasida«Liverpul» (2:0) ustidan qo'lga kiritilgan g'alabadan keyin xursandchiligini yashira olmadi.
«Men «Jenoa» klubida ishlaganimda u erdagilarning barchasi 1992 yili «Enfild»da qo'lga kiritilgan g'alaba haqida gapirishardi (Genuya klubi UEFA Kubognining 1/4 finalida «Liverpul»ni safarda 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratgandi – tahririyat). Mana bu ishni «Atalanta» klubi bilan ham uddaladik.
Bunday jamoaga mag'lubiyatga uchratish – juda ajoyib va bu g'alaba guruhimizda bizga katta yordam beradi.
O'yinni ajoyib tarzda o'tkazdik, o'zimizning futbolni namoyish eta oldik. Bugun biz ularga qaraganda yaxshi edik ("Atalanta" guruhdagi dastlabki uchrashuvda 0:5 hisobida mag'lubiyatga uchragandi – tahririyat). Sifatli o'yin namoyish etdik va o'yin borasida ulardan ustunlik qildik», – dedi murabbiy Sky Sport bilan suhbatda.

Bosh sahifaga
241