Maradona o'limidan oldin nima degani ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 468

"TN" telekanali futbol afsonasi Diego Maradonaning o'limidan oldin aytgan so'zlari haqida ma'lumot berdi. Eslatib o'tamiz, Maradona 25 noyabr kuni 60 yoshida vafot etdi.
Manbaga ko'ra, Diego boshidan operatsiya qilinib, 11 noyabr kuni shifoxonadan chiqqanidan keyin Buenos-Ayres shahrining shimoliy qismida joylashgan San-Andres turar-joy majmuasida yashagan. U kecha nonushta qilganidan so'ng o'z to'shagiga qaytgan va shundan so'ng: «Mazam bo'lmayapti», degan.
Maradonaga qarayotgan hamshira tez tibbiy yordam chaqirgan. Shifokorlar uning hayotini saqlab qolishga urinishdi, ammo barcha harakatlar zoe ketgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
239