"Napoli" stadioni Maradona sharafiga nomlanishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 312

Italiyaning «Napoli» klubi stadioni nomi Diego Maradonaning sharafiga o'zgartirilishi mumkin.
Shahar kengashi a'zosi Karmin Sgambati bu borada Neapol shahri sport komissiyasi rahbari Chiro Borello bilan gaplashadi.
«U millionlab neapolliklarga umid bag'ishlagan. Diego Armando Maradonaning Neapol shahri uchun qilgan ishlari hurmatga loyiqdir.
Stadion nomini Maradonaning shafariga nomlash – bu orzu, chunki u butun dunyoga umid va g'ayrat bag'ishladi.
Ertaga Chiro Borello bilan stadionga olib boradigan asosiy ko'chani, uning oldidagi maydonni yoki stadionning o'zini Maradonani sharafiga qayta nomlash haqida gaplashaman», – dedi Neapol shahar sport komissiyasi prezidenti va shahar kengashlar a'zosi Karmin Sgambati.

Bosh sahifaga
199