UEFA Ukrainani Millatlar Ligasining "B" divizioniga tushirib yubordi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 283

Ukraina terma jamoasining Shveytsariya terma jamoasiga qarshi bo'lib o'tmagan o'yiniga 0:3 hisobida texnik mag'lubiyat yozildi. Bu haqda Ukraina futbol assotsiatsiyasi UEFA tomonidan yuborilgan qarorga asoslanib xabar bermoqda.
Eslatib o'tamiz, Millatlar Ligasi doirasidagi Shveytsariya – Ukraina terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv Andrey Shevchenko boshchiligidagi terma jamoa tarkibida koronavirusga chalinganlar soni ko'payib ketganligi uchun o'tkazilmagandi. Shveytsariyaliklar bu uchun Ukrainadagilar javobgar ekanligini ta'kidlagandi. Yakunda esa UEFA shveytsariyaliklar foydasiga qaror chiqardi.
UEFA qarori bilan Ukraina terma jamoasi o'z guruhining so'nggi o'riniga tushib qoldi. Endi ukrainaliklar turnirning keyingi bosqichini "B" divizionda boshlashadi.

Bosh sahifaga
174