Klopp "Atalanta"ga qarshi uchrashuvdan oldingi fikrlarini bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 262

Angliyaning "Liverpul" klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp EChL doirasida "Atalanta" klubiga qarshi bo'lib o'tadigan uchrashuv haqida fikr bildirdi.
"Atalanta" hatto nimanidir isbotlamoqchi bo'lsa ham xavfli jamoa. Italiyada ularga qarshi yaxshi o'yin namoyish etgandik. Barcha narsani to'g'ri qilgandik. O'sha bahs bugun bo'ladigan o'yin uchun hech qanday ahamiyat kasb emasligini bilamiz. Ular o'zlarining shaxsiy uslubi yuzidasin top jamoa sanaladi. Ular bilan oson o'yin kutmayapman.
Oldimizda ko'plab uchrashuvlar kutib turibdi va o'zimizning eng zo'r o'yinimizni ko'rsatishga harakat qilamiz. Tarkibni o'zgartirishga majburmiz. Maydonda o'ylagan barcha rejalarimizni amalga oshira olmayapmiz, chunki taqvimning zichligi uchun vaqtimiz etmayapti", - dedi Klopp UEFA rasmiy saytiga.

Bosh sahifaga
233