"Arsenal" Pepe borasida yakuniy qarorga keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 317

Londonning "Arsenal" klubi futbolchisi Nikolya Pepe 2021 yilning yanvar oyida jamoani tark etmaydi. Bu haqda Angliya matbuoti yozmoqda.
So'nggi paytlarda Pepe atrofida turli xil mish-mishlar aylanmoqda. Futbolchi «kanonirlar»ning asosiy tarkibidan doim ham joy olmayapti, qolaversa, u «Lids» klubiga qarshi uchrashuvda sportchilarga xos bo'lmagan holda harakat qilib maydondan chetlatilgandi.
Biroq, «Arsenal» haliyam Pepega ehtiyoj sezayotganini bildirmoqda. «Kanonirlar» bosh murabbiyi Mikel Arteta taqvimning zichligi sababli, Pepeni sotmasligini bildirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
233