Superliga. Superliga: «Nasaf» chempionni er tishlatdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 272

Joriy mavsum chempionligini o'tgan turda naqd qilishga ulgurgan Toshkentning "Paxtakor" jamoasi Superliganing 24-tur doirasida Qarshida mahalliy "Nasaf" jamoasi bilan bellashdi.
Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi "Nasaf"ning yosh futbolchilari o'z muxlislari ko'z o'ngida mamlakatning amaldagi chempionini ayab o'tirmadi.
Bahsning 6-daqiqasida Sharof Muhiddinov 30 metrlardan kuchli zarba bilan darvozani ishg'ol qildi.
Ikkinchi bo'lim boshida esa qarshiliklar uyushtirgan chiroyli hujumni Stanoevich aniq zarba bilan samarali yakunladi. Oradan ko'p o'tmasdan "Nasaf" "standart"dan hisobni yirik ko'rinishga keltirdi. Jarimadan etkazilgan uzatmani Akmal Mozgovoy bosh bilan darvozaga joylab qo'ydi.
Qolgan daqiqalarda "Paxtakor"ni vaziyatni o'nglashga harakat qildi. Bir vaziyatda Ne'matov zarba qaytargan bo'lsa, bir vaziyatda Sergeevning zarbasidan keyin to'p to'singa tegdi. O'z navbatida Berdiev shogirdlari qarshi hujumda bir nechta imkoniyatga ega bo'lishdi, ammo ulardan foydalana olishmadi.
Shu tariqa, "Nasaf" muhim g'alabani qo'lga kiritdi va o'z ochkolarini 49taga etkazdi. Jamoa 2-o'rin uchun kurashda etakchiga aylandi.
"Nasaf" - "Paxtakor" 3:0
Superliga. 24-tur. Qarshi. "Markaziy" stadioni.
Gollar: Sh.Muhitdinov 6, Stanoevich 56, Mozgovoy 67.
“Nasaf”: 35.Abduvohid Ne'matov, 4. Husniddin Aliqulov, 5.G'olib G'aybullaev, 10. Bobir Abdiholiqov (8. Javohir Esonqulov, 87), 14. Sharof Muhitdinov (50. Shohmalik Komilov, 87), 15. Jo'rabek Mannonov, 20. Islom Kenjaboev (19. Husain Norchaev, 75), 22. Akmal Mozgovoy (70. Abubakrizo Turdaliev. 90), 77. Oybek Bozorov, 88. Marko Stanoevich (7. Dilshod Rahmatullaev,75), 92. Umar Eshmurodov.
"Paxtakor: 25.Eldor Suyunov, 3.Hojiakbar Alijonov, 5.Anzur Ismoilov, 23. Sherzod A'zamov, 34.Farrux Sayfiev, 21.Abror Ismoilov, 27.Sardor Sobirxo'jaev, 17.Dostonbek Hamdamov, 10.Dragan Cheran, 8.Asadbek Sobirjonov (18. Xojimat Erkinov, 61), 11. Igor Sergeev.
Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
203