Ibrohimovich: "50 yoshimda "Oltin to'pni" qo'lga kiritishni rejalashtiryapman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 442

Italiyaning «Milan» klubi hujumchisi Zlatan Ibragimovich o'z mamlakatining 12-marta eng yaxshi futbolchisi bo'ldi va Shvetsiya «Oltin to'pi»ni qo'lga kiritdi.
– Odatda, muxlislarni – 12-futbolchi deyishadi. Bu mening mamlakatdagi 12-«Oltin to'p»im, shu sababli, bu sovrin muxlislar uchun ataladi. Afsuski, ularning stadionga kirishlariga va futboldan zavq olishlariga imkon berishmayapti. Ularsiz stadionlar huvillab qoldi.
– Stadionga muxlislarning tashriflariga ruxsat berishmasa shu ruhda davom etaverasizmi?
– Ha! Faoliyatimni bo'sh tribunalarda yakunlash niyatim yo'q.
Men 39 yoshdaman va «Oltin to'p»ni yutdim. Endi "Oltin to'pni" 50 yoshda yutishni rejalashtiryapman, – dedi Zlatan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
167