"Zenit" ustozi: "O'yin biz uchun omadsiz boshlandi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 529

Rossiyaning "Zenit" klubi bosh murabbiyi Sergey Semak EChL doirasida Rimning "Latsio" (1:3) klubidan qabul qilib olingan mag'lubiyat haqida fikr bildirdi.
"Tarkibdagi muammo asosiy rolni o'ynadi. Afsuski, o'yin biz uchun omadsiz boshlandi. Bizning ayrim futbolchilarimiz optimal konditsiyada emasdi. Masalan, Sebastyan Driussi va Malkomlar. Qolaversa, yoshlarga imkon berishga harakat qildim, ular yaxshiroq o'ynashdi.
Afsuski, omadli o'ynay olmadik. Harakat qildik, lekin baribir amalga oshmadi", - dedi Semak.
Guruhdagi to'rt turdan so'ng "Zenit" 1 ochko bilan so'nggi pog'onani band etib turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
203