Sulsher - Kavani va de Beek haqida: "Anchadan beri tarkibimizda bunday futbolchilar bo'lmagandi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 335

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi EChL doirasida «Istambul» klubidan revansh oldi – 4:1. Jamoa bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher boshlang'ich tarkibda maydonga tushgan Donni van de Bek va Edinson Kavanilarning o'yiniga baho berdi.
«Biz o'yinni dastlabki daqiqalaridanoq intensiv harakat qila boshladik. EChLda o'ynash zavf bag'ishlaydi. Men ko'rsatgan o'yinimizdan qoniqdim, chiroyli gol kiritdik.
Van de Bek va Kavanilar bizning talab qilayotgan narsalarimizga ko'nikib borishmoqda. Donnida bir nechta pozitsiyalarda o'ynash imkoniyati bor, Edinson – klassik «to'qqizlik». Tarkibimizda anchadan beri bunday futbolchilar bo'lmagandi», – dedi norvegiyalik murabbiy BT Sport bilan suhbatda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
187