Xoland Chempionlar ligasi rekordini o'rnatdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 384

Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Erling Xoland Chempionlar ligasi guruh bosqichi 4-turidan o'rin olgan «Bryugge»ga qarshi o'yinda (3:0) dublga erishdi.
20 yoshli futbolchi EChLning dastlabki 12ta o'yinida 16ta gol urdi. Musobaqa tarixida ilk 12ta bahsda hech bir futbolchiga buncha gol urish nasib etmagan edi.
Taqqoslash uchun: «Barselona» forvardi Lionel Messi 12ta o'yinda 2ta gol urgan bo'lsa, Krishtianu Ronaldu birorta ham gol ura olmagan edi.
Xoland esa hozirdanoq Ronaldo va Zayniddin Zidan faoliyati davomida Chempionlar ligasida urgan gollaridan ko'proq to'p kiritishga erishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
180