EChL. Ronaldu Messiga etib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 414

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Evroa chempionlar ligasi guruh bosqichining 4-turi doirasida bo'lib o'tgan «Ferentsvarosh»ga qarshi o'yinda (2:1) bitta gol muallifiga aylandi.
35 yoshli futbolchi uchun mazkur gol EChL doirasida uy o'yinlarida urgan 70-gol bo'ldi. Ushbu ko'rsatkich bo'yicha portugaliyalik o'yinchi «Barselona» sardori Lionel Messi bilan tenglashib oldi.
Eslatib o'tamiz, «Yuventus» va «Barselona» klublari bitta guruhdan o'rin olgan. To'rtinchi turdan so'ng ular nimchorak final yo'llanmasini qo'lga kiritib bo'lishdi. Faqat guruh g'olibi nomini aniqlash qoldi: "ko'k-anorranglilar"da 12 ochko, "keksa sinora" hisobida 9 ochko mavjud.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
208