Pro liga. «Turon» so'nggi turni finalga aylantirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 448

Pro-liga musobaqasida Superliga yo'llanmasi uchun kurash o'zining yuqori cho'qqisiga chiqdi. Yaypanning "Turon" klubi o'z maydonida "Sho'rtan"ni qabul qilib, g'alabani qo'lga kiritdi.
Ajoyib maydonda o'tgan uchrashuvda har ikki jamoa tinimsiz hujumlar uyushtirishdi. Bahsning 4-daqiqasidayoq yaypanliklar penalti tepish huquqini qo'lga kiritishdi. Otabek Haydarov undan samarali foydalanib, hiosbni ochdi. Bahs tugashiga 17 daqiqa qolganida esa "turon"chilar yana bir "standart"dan farqni oshirishdi. Shukurali Po'latov jarimadan yo'llagan zarba natijasida to'p jonli devordagi futbolchiga tegib, o'z yo'nalishini o'zgartirdi va darvoza burchagiga borib tushdi.
Ushbu g'alabadan keyin "Turon" o'z ochkolarini 35taga etkazdi. So'nggi turda 37 ochko to'plab turgan "Neftchi" o'z maydonida "Turon"ni qabul qiladi. 29 noyabr kuni bo'ladigan o'yinda Superliga yo'llanmasini to'g'ridan-to'g'ri qo'lga kiritadigan jamoa nomi aniq bo'ladi.
Pro-liga. 19-tur
"Turon" - "Sho'rtan" 2:0
Gollar: Otabek Haydarov (4-pen.), Shukurali Po'latov (73)
"Turon": 1. Mirzohid Jalilov, 2. Abdulazizxon Abdurashidov, 3. Shukurali Po'latov (S), 4. Sunnatillo Ermatov, 5. Oybek Axmatov, 9. Otabek Haydarov, 14. Doniyor Ismoilov, 17. Dostonbek Meliqo'ziev, 18. Asliddin Toshtemirov, 25. Ismoiljon Oxunjonov, 77. Bilolxon Toshmirzaev.
Zaxira: 87. Akmal Ortiqov, 7. Umidjon Qodirov, 8. Bahodir Akramov, 10. Javohir Sohibov, 11. Asilbek Qayumov, 15. Shoxruxbek Xolmatov, 22. G'olibbek Sariboev, 23. Xurshidbek Asqaraliev, 71. Mirjalol Mirzaev.
"Sho'rtan": 16.Akmal Rahimov, 5. Elbek Otaqulov, 8. Shamsiddin Sagdullaev, 9. Xudoyorxon Sagdullaev, 14. Shokir Yo'ldoshev, 17. Elyor Omonjonov, 24. Bekzod Suvonov, 28. Sanjar To'raqulov (S), 29. Jahongir Qurbonboev, 34. Shahboz Jo'raev, 97. Faxriddin Alimov.
Zaxira: 1. Asadulloxon Polvonov, 6. Xolmurod Xolmurodov, 10. Ma'ruf Murodov, 11. Jasur Xolto'raev, 18. Samandar Shodmonov, 21. Islom Boysariev, 22. Sardor Sa'dullaev, 77. Salohiddin Sanaqulov.


Bosh sahifaga
187