Superliga. «Navbahor» Muborakda yirik hisobda yutqazdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 305

Superliganing 24-turidan o'rin olgan "Mash'al" va "Navbahor" jamoalari o'rtasida uchrashuv hozirgina yakuniga etdi.
Birinchi bo'lim tengkurashlar ostida kechdi, ammo tanaffusga qadar hisob ochilmadi. Ikkinchi bo'limda esa mezbonlar yaratilgan imkoniyatlar unumli foydalanib, 13 daqiqa oralig'ida raqib darvozasini 3 marta ishg'ol qilishga muvaffaq bo'ldi. Natijada "Mash'al" o'yin taqdirini hal qilib qo'ygan bo'lsa, "Navbahor"ning urinishlari samara bermadi.
Ushbu g'alabadan keyin "Mash'al" o'z ochkolarini 23taga etkazib, amalda Superligada qolish vazifasini hal qildi. "Navbahor" esa 33 ochko bilan 7-pog'onada qoldi.
Superliga. 24-tur
"Mash'al" - "Navbahor" - 3:0 (0:0)
Gollar: Sardor Abduraimov (56), Humoyun Murtazoev (60), I. Okoro (69)
Hakamlar: Rustam Lutfullin, Timur Galeev, Aleksandr Sidorov, To'rabek Suyunov
"Mash'al": 35.Rahimjon Davronov, 8.Ibe Okoro, 10.Sherzod Temirov (Jahongir Abdusalomov 89), 14.Ella Ken Armand (Ibrohim No'monov 46), 17.Jamoliddin Ubaydullaev, 18.Abbos Shodmonov, 19.Sardor Abduraimov, 22.Sirojiddin Qo'ziev, 23.Samandar Shukurullaev, 29.Humoyun Murtozaev (Mo'minjon Meliev 74), 33.Denis Vasilev.
"Navbahor": 1.O'tkir Yusupov, 4.Ehsoni Panshanbe (Abbos G'ulomov 81), 5.G'iyos Komilov (Xurshidbek Muxtorov 52), 7.Azim Ahmedov, 9.Ivan Solovyov, 10.Azizbek Turg'unboev, 18.Sardar Telyakov, 19.Mirzohid G'ofurov, 20.Davron Hoshimov (Tohirjon Shamsitdinov 63), 27.Islom Rashidxonov (Ruslan Bolov 52), 95.Zabihillo O'rinboev (Shohruh Mahmudhojiev 63)
Nazoratchi: Bobur Haydarov
Komissar: Oybek Yunusov

Bosh sahifaga
209