O'zil Saudiya Arabistoni klubiga o'tishdan bosh tortdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 420

TyC Sports portalining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Londonning «Arsenal» klubi yarim himoyachisi Mesut O'zil Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubiga o'tishdan bosh tortdi.
Arablar 31 yoshli germaniyalik futbolchiga 5 million evro maoshli ikki yillik shartnoma taklif qilishdi, biroq, O'zil bu taklifga rozilik bermadi.
Xabarda aytilishicha, «Arsenal» oylik-maoshlarni qisqartirish uchun germaniyalik futbolchini sotish niyatida. O'zilning "to'pchilar" bilan shartnomasi kelasi yilning yozida yakuniga etadi.
Joriy mavsum O'zil bir marta ham maydonga tushmadi, hatto Evropa Ligasiga ro'yxatdan ham o'tkazilmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
156