Vadim Abramov O'zbekiston terma jamoasidagi almashtirib bo'lmas futbolchi kimligini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1638
«Bunyodkor» klubi va O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov «Futbol Plyus» radio eshittirishida terma jamoa safidagi almashtirib bo'lmas o'yinchi haqida gapirdi.
"Almashtirib bo'lmas o'yinchi? Shunday desa ham bo'ladi, boshqa tomondan aytadigan bo'lsak, jamoaga har doim etakchi kerak. Etakchisi bor jamoa bu — yaxshi jamoa. O'ylashimcha, Odil Ahmedov etakchi sifatida jamoaga kerak. Ayrim vaqtlarda u hatto qanday holatda bo'lishidan qat'i nazar, biz uchun kerakli o'yinchi. Uning maydonda bo'lishi yosh o'yinchilarni ruhlantiradi va ularning holati odatdagidan butkul boshqacha bo'ladi.
Odil kiyinish xonasi yoki zaxira o'rindig'ida u qadar muhim demagan bo'lardim, biroq maydonda bo'lishi juda muhim. Kiyinish xonasida etarlicha odam bor va u erda hech qanday muammo yo'q. U erda meni borligim etarli. U maydonda o'zining tajribasi orqali futbolchilarni tinchlantira oladi", — dedi Vadim Abramov.
Odil Ahmedov ayni vaqtda Xitoyning «Tyantszin Teda» jamoasida to'p surmoqda. U O'zbekiston terma jamoasi safida 105 ta o'yin o'tkazib, 20 ta golga mualliflik qilgan.

Bosh sahifaga
194