Tuxel: «Shiorimiz hujumkor futbol bo'ladi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 346

«PSJ» ustozi Tomas Tuxel Chempionlar Ligasi doirasidagi «Leiptsig»ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Ayni damda bizni yo'qotadigan narsamiz qolmagan. "Leiptsig"ga qarshi o'yin kelgusi taqdirimizni hal qilib beradi. Ertangi bahsda faqat hujumkor futbol shiorimiz bo'lishi kerak. Tarkibni 4 ta markaziy himoyachi formatida ham sinovdan o'tkazib ko'rish ehtimolimiz katta. Muhimi hujum zonasiga asosiy urg'uni beramiz. Hozir gol o'tkazib yuborishni o'ylaydigan vaqt emas», - deydi germaniyalik mutaxassis.
Ayni damda parijliklar o'z guruhlarida 3 ochko bilan 3-o'rinda borishmoqda. Jamoa ertaga tunda «Park de Prens»da «Leiptsig»ni sinovdan o'tkazadi.
Manba: goal.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
178