So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Sport ta'limi muassasalarida ish yuritish bo'yicha me'yoriy hujjatlar tartibga solinmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 6981
Bugungi kunga qadar Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi sport-ta'lim muassasalarida yuritilishi lozim bo'lgan hujjatlar tartibga solinmagani soha xodimlari faoliyatida bir qator qiyinchiliklarni, xususan ortiqcha qog'ozbozlikni keltirib chiqargan.
Mazkur yo'nalishdagi ishlarni tartibga solish maqsadida jismoniy tarbiya va sport vazirining 2018 yil 27 noyabrdagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi sport ta'lim muassasalarida ish yuritish bo'yicha me'yoriy hujjatlarni tartibga solish to'g'risida”gi 1010-sonli buyrug'i qabul qilindi.
Buyruq asosan vazirlik tizimidagi sport-ta'limi muassasalari (ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari va sport turlari bo'yicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari) uchun davlat ta'lim standarti, namunaviy o'quv-reja va maxsus o'quv fanlari bo'yicha namunaviy dasturlar hamda sport turlari bo'yicha sport tayyorgarligi yuzasidan namunaviy o'quv loyihasini, shuningdek, mazkur muassasalarga mutaxassislik bo'yicha etishmayotgan darslik, o'quv qo'llanma va o'quv-metodik adabiyotlarni ishlab chiqish bo'yicha ishchi guruhlar tuzildi.
Shuningdek, buyruqqa asosan sport-ta'lim muassasalari direktorlari uchun “Vazirlik tizimidagi sport-ta'lim muassasalari faoliyatiga oid hujjatlarni hamda sport hakami faoliyatini tartibga solish” mavzusida hududiy o'quv seminarlar tashkil etilmoqda.
Sohaning etakchi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan namunaviy hujjatlar va o'quv adabiyotlari vazirlik huzuridagi muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan ko'rib chiqiladi.
Bir so'z bilan aytganda ushbu buyruqqa asosan vazirlik tizimidagi sport-ta'limi muassasalarida ish yuritish bo'yicha me'yoriy hujjatlar tartibga solinadi, ortiqcha qog'ozbozlikning oldi olinadi. Shuningdek, ta'lim muassasalari mutaxassislik bo'yicha etishmayotgan darslik, o'quv qo'llanma va o'quv-metodik adabiyotlar bilan ta'minlanadi.