"Barselona" hujumchisi La Liganing boshqa klubiga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 520

Kataloniyaning «Barselona» klubi hujumchisi Martin Breytueyt qishki transfer bozorida jamoani tark etishi mumkin.
Daniyalik futbolchining xizmatiga sobiq jamoasi - «Leganes» qiziqish bildirmoqda. Futbolchini keyinchalik sotib olish sharti bilan ijara varianti ikki tomonni ham qoniqtirmoqda.
Shuningdek, Breytueytning xizmatiga La Liganing boshqa klublari ham qiziqish bildirmoqda. Biroq, ayni paytda daniyalik hujumchi «Barselona» klubini tark etish niyatida emas, lekin Kuman uning xizmatlariga ehtiyoj sezmayapti.
Eslatib o'tamiz, «Barselona» 2020 yilning fevral oyida transfer oynasa yopilganidan so'ng, Breytueytni «Leganes» klubidan 18 million evro evaziga sotib olgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
216