«Latsio» fubolchisi: « Hujumchi ortida o'ynashdan norozi emasman»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 449

Rimning «Latsio» klubi futbolchisi Xoakin Korrea murabbiyning bildirayotgan yuqori ishonchidan mamnun.
«Men avvalgi jamoalarimda juda ko'p marta hujumchi ortida harakat qilganman va bundan sira ham xafa emasman. Muhimi, murabbiyning menga o'z vaqtida bildirayotgan ishonchi. "Latsio" bir butun jamoa. Bu erda qaysi pozitsiyada o'ynashingdan qat'i nazar gol urishing mumkin. Klubimga foydam tegayotganidan xursandman», - deydi Korrea.
Bungacha Inzagi argentinalik futbolchini oxirgi o'yinlarda Immobilining ortiga joylashtirayotgan edi va bu ba'zi mutaxassislar tomonidan xato qaror deb ham qabul qilindi.
Ma'lumot uchun Korrea A Seriyaning 7 ta uchrashuvida maydonga tushdi hamda 1ta gol va 1 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.
Manba: soccernews
Bosh sahifaga
203