Roma futbolchilari birin-ketin safga qaytishmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 267

Rimning «Roma» klubi hujumchisi Edin Jeko hamda markaziy himoyachi Kris Smollinglar safga qaytishgani ma'lum bo'ldi.
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda. Bundan biroz avvalroq, angliyalik futbolchi kutilmaganda ovqatdan zaharlanganligi bois mashg'ulotlarda qatnasha olmagan bo'lsa, Jeko 7 noyabr sanasida koronavirusga chalingan edi. Hozircha har ikkala futbolchining ham ahvoli yaxshi va ular navbatdagi uchrashuvlar uchun umumiy mashg'ulotlarga kirishishgan.
Eslatib o'tamiz, Fonseka shogirdlari 27 noyabr sanasida «Kluj» bilan Evropa Ligasi doirasida maydonga tushishsa, undan 3 kun o'tib, A Seriyaning navbatdagi turida «Napoli» mehmoni bo'lishadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
195