Globe Soccer Awards: XXI asrning eng yaxshi futbolchisiga da'vogarlar e'lon qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 663

"Dubai Globe Soccer Awards" sovrinini topshirish marosimi 2020 yilning 27 dekabr kuni bo'lib o'tadi.
Koronavirus pandemiyasi tufayli bu galgi marosimda maxsus nominatsiyalar bo'yicha g'oliblar aniqlanadi:
— 2020 yilning eng yaxshi iqtidor egalari;
— so'nggi 20 yilning eng yaxshi futbolchisi;
— so'nggi 20 yilning eng yaxshi klubi;
— so'nggi 20 yilning eng yaxshi agenti.
21-asrning eng yaxshi futbolchisi sovriniga quyidagi yulduzlar nomzod sifatida tanlab olindi:
Andrea Pirlo, Andres Inesta, Aren Robben, Krishtianu Ronaldu, Devid Bekxem, Fabio Kannavaro, Franchesko Totti, Frenk Lempard, Janluidji Buffon, Iker Kasilyas, Kaka, Kilian Mbappe, Lionel Messi, Luka Modrich, Luish Figu, Muhammad Saloh, Neymar, Filipp Lam, Robert Levandovski, Ronaldino, Ronaldo, Serxio Ramos, Stiven Jerrard, Xavi, Zayniddin Zidan, Zlatan Ibrahimovich.

Bosh sahifaga
213