"Liverpul" sobiq futbolchisi: "Klopp biz o'ylagandan ham kuchli"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 445

Angliyaning «Liverpul» klubi sobiq himoyachisi Jeymi Karrager «qizillar»ning APLda ko'rsatayotgan o'yinidan xursand ekanligini yashirmadi.
«Yurgen Klopp olib borayotgan ish barchani hayratlantirmoqda. Mening fikrimcha, u biz o'ylagandan ham kuchliroq. Fikrimcha, uni «Enfild»da taklif qilishganida biror-bir katta jamoa «Liverpul»ni raqobatdosh jamoa bo'ladi deb o'ylamagan. Chunki, o'sha paytda "Liverpul"ning asosiy vazifasi kuchli to'rtlikka kirish bo'lgan.
Klubning transfer departamenti o'z ishini a'lo darajada olib bormoqda. Ammo, futbolchining sotib olishning o'zi etarli emas, undan oqilona foydalanish ham muhimdir. Bularning barchasida Klopp muhim rol o'ynadi», — dedi Jeymi Karrager.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
172