Ibrahimovich Evropaning top-5 chempionatlari to'purarlari ro'yxatida 8-o'ringa ko'tarildi (+ro'yxat)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2840

"Milan" hujumchisi Zlatan Ibrahimovich Italiya chempionatining 8-turidan o'rin olgan "Napoli"ga qrashi o'yinda 2ta gol urdi. Shvetsiyalik futbolchi Evropaning kuchli beshta chempionatlaridagi gollari sonini 288taga etkazib oldi.
"Stats Foot" tarqatgan xabarga ko'ra, 39 yoshli futbolchi to'purarlar ro'yxatidan "Liverpul" klubining sobiq futbolchisi Gordon Xojsonni ortda qoldirib, 8-o'ringa ko'tarilib oldi.
Ushbu ro'yxatda birinchi o'rinni "Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu egallab turibdi. Portugaliyalik futbolchi Evropaning top-5 chempionatlari doirasida 455ta gol urgan. Ikkinchi pog'onani esa 447ta gol bilan Lionel Messi egallab turibdi.
Evropaning top-5 chempionatlaridagi eng yaxshi to'purarlar:
1. Krishtianu Ronaldu ("Yuventus") - 455;
2. Lionel Messi ("Barselona") - 447;
3. Jimmi Grivz - 366;
4. Gerd Myuller - 365;
5. Stiv Blumer - 317;
6. Diksi Din - 310;
7. Delio Onnis - 299;
8. Zlatan Ibrahimovich ("Milan") - 288;
9. Gordon Xojson - 287.

Bosh sahifaga
194