Saloh koronavirusdan xalos bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 264

«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh koronavirusdan xalos bo'ldi. Mersisaydliklar bosh murabbiyi Yurgen Kloppning aytishicha, misrlik futbolchi topshirgan test manfiy natija bergan.
«Bilishimcha, Saloh topshirgan test natijasi manfiy bo'ldi. Ertaga Chempionlar ligasi oldidan yana test topshiramiz. Ishonchim komil, u "Atalanta"ga qarshi o'yinda ishtirok etadi. U endi biz bilan mashg'ulotda ishtirok etishi mumkin. Navbatdagi ikki kunda u barcha kabi yana 2ta test topshiradi», — dedi Klopp.
Eslatib o'tamiz, Saloh koronavirusga chalingani 13 noyabr kuni aniq bo'lgan edi. 28 yoshli futbolchi joriy mavsumda «Liverpul» safida 8ta uchrashuvda maydonga tushib, 8ta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
208