"Lids" sardori barchani ta'sirlantirib yubordi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 458

APLning 9-tur doirasida bo'lib o'tgan "Lids" hamda "Arsenal" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan oldin mezbonlar sardori Liam Kuper maydonga qo'lida planshet bilan chiqib keldi.
29 yoshli shotlandiyalik futbolchi kiyinish xonasidan maydonga chiqib keladigan tunnelda kim bilandir planshetda gaplashdi.
Keyinroq ma'lum bo'lishicha, "Lids" sardori klubning 13 yoshli muxlisi, ayni paytda saraton kasalligi bilan kurashayotgan "Lids" muxlisi Elliot Metkalf bilan suhbatlashganligi haqida Sky Sports xabar tarqatmoqda.
Elliot doim klub maskoti bo'lishni orzu qilgan. Buni qarangki, Liam Kuper va "Make-A-Wish Foundation" xayriya jamg'armasi tashabbusi bilan Metkalf o'z orzusiga virtual bo'lsa-da etishgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
185