Simeone Kostani o'rnini "Real" hujumchisi bilan to'ldirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 516

Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Diego Kosta jamoadan ketish arafasida turibdi.
Fichajes portalining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, "matraschilar" bosh murabbiyi Diego Simeone uning o'rniga "Real" hujumchisi Mariano Diasni olib kelishni klub rahbariyatidan so'ramoqchi.
Qayd etilishicha, "Real" hujumchini sotishga tayyor, biroq, katta ehtimol bilan "qaymoqranglilar" o'z futbolchisini asosiy raqibiga sotishga qarshi.
Dias "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozigacha mo'ljallangan. Uning transfer narxi 12 million evro atrofida baholanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
185