Ronaldu A seriyada har qanday futbolchiga nisbatan yuqori samaradorlik qayd etmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 899

«Yuventus» Italiya chempionatining 8-turi doirasida «Kalyari»ni qabul qilib, 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Mazkur o'yinda turinliklar hujumchisi Krishtianu Ronaldu dublga erishdi.
Shu tariqa, portugaliyalik o'yinchining 2018 yildan buyon A seriyada urgan gollari soni 60taga etdi. Squawka tarqatgan xabarga ko'ra, bunday davr oralig'ida hech bir futbolchi Ronaldudan ko'p gol urmagan.
Eslatib o'tamiz, «Yuventus» Ronaldu «Real»dan 117 million evro evaziga sotib olgan edi. U Italiya chempionatida jami 69ta o'yinda maydonga tushib, 60ta gol urdi va 15ta golga uzatma berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
193