Konte yana Eriksen haqida fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 227

Italiyaning «Inter» klubi bosh murabbiyi Antonio Kontening fikricha, jamoa yarim himoyachisi Kristian Eriksen etarlicha imkoniyatga ega bo'ldi.
«Men doim aytib kelganman, har bir qarorim «Inter» manfaatlari uchun qabul qilinadi. O'ylaymanki, Kristianga boshqa futbolchilarga qaraganda juda ko'plab imkoniyat berildi. Men qachonki kerak deb hisoblaganimda u asosiy tarkibda maydonga tushadi. Hozircha unga ehtiyoj sezilmayapti.
Men uni tayanch yarim himoyaga qo'ya olmayman. Bu pozitsiya uni jazolaydi. Kristianda muhim ustunliklar bor, u to'pga ikki oyog'ida ham bir xil zarba bera oladi. Agar unga boshqa vazifalar yuklasangiz, masalan himoyachilar oldiga qo'ysangiz - uni ko'p ustunlikdan mahrum qilgan bo'lasiz», — dedi Antonio Konte.

Bosh sahifaga
194