«Borussiya» futbolchisi Bundesliga rekordini yangiladi.
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 254

Dortmundning «Borussiya» klubi futbolchisi Yussufa Mukuku kecha «Gerta»ga qarshi bahsning ikkinchi bo'limida zaxiradan maydonga tushdi va o'z debyut uchrashuvini o'tkazdi.
Bu bilan germaniyalik iqtidor Bundesligada debyut qilgan eng yosh futbolchiga aylanib oldi (16 yosh, 1 kun). Bundan avvalgi rekord esa Nuri Shahinga tegishli bo'lib turgandi (16 yosh, 335 kun).
Qayd etish kerak, Mukukuning voyaga etishini Dortmund klubi avvaldan kutib turgandi. U yoshlar jamoasida joriy mavsum 3 o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urishga erishgan.
Manba: gracenote liveFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
182