Gvardiola: "Mourinoga bitta imkoniyat taqdim etsang ham jazolanasan"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 265

«Manchester Siti» ustozi «Tottenhem»dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng (0:2) o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Bizda nominal hujumchisiz o'ynash seriyasi afsuski, juda uzoq cho'zilib ketyapti. Har bir o'yinda bu kamchilik yaqqol ko'zga tashlanmoqda. Yaratayotgan shuncha vaziyatlarimizni samarali yakunlashda jiddiy muammolarga duch kelyapmiz. Bugun ham eng qulay imkoniyatlarga biz ko'proq ega bo'lgandik. Lekin shu erda Agueroning yo'qligi ancha bilindi.
Mourino esa haqiqiy professional. Unga bitta imkoniyat taqdim etsang ham jazolanasan. Raqiblarimiz sovuqqonlik evaziga bizdan ustun chiqishdi. Dastlabki 5 daqiqadagi o'tkazib yuborilgan goldan keyin o'zimizni o'nglab olish qiyin kechdi», - deydi ispaniyalik mutaxassis.
Darhaqiqat, «shaharliklar»da joriy mavsum vaziyatlarni aniq yakunlash borasida jiddiy kamchiliklar ko'zga tashlanmoqda. Klub yakuniga etgan 6 ta bahsda atigi 5 tagina gol urgan xolos.
Manba: goal.com
Bosh sahifaga
167