«Tottenxem» o'z futbolchisini sotuvga qo'ydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 388

Londonning «Tottenxem» klubi himoyachisi Davinson Sanches yanvar oyida sotib yuboriladi. Bu haqda Football Insider nashri xabar tarqatmoqda.
«Shporlar» asosiy tarkibdan joy ololmayotgan himoyachini sotib yubormoqchi. Jamoa bosh murabbiyi Joze Mourino Sanchesga ehtiyoj sezmayapti. Avvalrov Sanchesga «Everton» tomonidan qiziqish bildirilgani haqida xabarlar tarqatilgandi.
Eslatib o'tamiz, Sanches «Tottenxem»ga 2017 yili «Ayaks» klubidan ko'chib o'tgandi. O'shanda «shporlar» ushbu transfer uchun 42 million funt sarf qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
251