Arteta: "Luis va Sebaloslar bilan yuz bergan voqea haqida ma'lumot tarqalib ketgani tekshiriladi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 212

Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta mashg'ulotlarda himoyachi David Luis va yarim himoyachi Daniel Ceballos o'rtasidagi ziddiyat haqida tarqalgan ma'lumotlardan norozi bo'ldi.
«Men bu hodisa haqida xabar tarqalib ketgani yoqmayapti. Bu qaerdan kelib chiqqanini bilib olaman. Bu men bir-birimizdan kutgan narsalarimga mutlaqo ziddir, biz maxfiylikni saqlashimiz kerak. Bu borada tekshiruv olib boriladi", - dedi Arteta Goal portali bilan suhbatda.
Avvalroq, "Arsenal" mashg'ulotlarida David Luis va Dani Sebaloslar o'zaro mushtlashgani, braziliyalik futbolchi ispaniyalik jamoadoshining yuziga musht tushirgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
244