Frantsiya chempionatining oktyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi e'lon qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 266

"Lill" yarim himoyachisi Jonatan Bamba Frantsiya chempionatining oktyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olindi. Futbolchilar kasaba uyushmasi tomonidan o'tkazilgan so'rovnomada u 41% ovoz to'pladi.
24 yoshli Bamba oktyabr oyida bitta gol urdi va 3ta golga uzatma berdi. "Lill" esa musobaqa jadvalida 2-o'ringa ko'tarilib oldi.
Mazkur so'rovnomada Jonatan "PSJ" hujumchisi Kilian Mbappeni ortda qoldirdi. Frantsiyalik futbolchi o'tgan oyda 6ta gol va 2ta uzatma muallifiga aylangan edi. "Monako" forvardi Vissam Ben-Yedder esa oktyabrda 2ta gol muallifiga aylandi.
Eslatib o'tamiz, "Mets" futbolchisi Ibrohim Nyan sentyabr oyida Liga 1'ning eng yaxshi o'yinchisiga aylangan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
244