Lempard tur oldidan futbolchilari xaqida xisobot berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 796

"Chelsi" ustozi "Nyukasl"ga qarshi o'yin oldidan futbolchilarining xolati xaqida gapirdi.
"FIFA kunlari hamma qatori bizning xam zararimizga ishladi. Hatto bir xafta oldin xam tarkibda yo'qotishlar katta edi. Lekin baxtimizga, shogirdlarim sekin-asta yana safga qaytishmoqda.
Pulishich jaroxatidan hali beri forig' bo'lganicha yo'q. Uning vaziyati jiddiy. Ko'p extimol, yana bir-ikki turni o'tkazib yuborishidan xavotirdamiz. Xaverts esa to'la sog'aygan, yaqinda umumjamoa mashg'ulotlariga qo'shildi. Silvaning esa xolati yaxshimas. O'zini tiklab olishi uchun biroz vaqt ketadi. Ertaga uni tavakkal qilmoqchi emasman", - deydi Lempard.
Eslatib o'tamiz, 21 noyabr kuni "aristokratlar" "Nyukasl" mexmoni bo'lishadi.

Bosh sahifaga
292