Jasur Jaloliddinov jamoadoshlari "Spartak"ka qarshi bo'ladigan o'yin arafasida boykot e'lon qilmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 219

Hamyurtimiz Jasur Jaloliddinov to'p surayotgan Rossiyaning «Tambov» klubi futbolchilari RPL doirasida «Spartak» klubiga qarshi bo'ladigan uchrashuvda boykot e'lon qilishmoqchi, agar oylik-maoshlar o'yin kunigacha to'lab berilmasa.
«Ayni paytda Tambov viloyati hokimligi 2020/2021 yilgi mavsum uchun kerakli mablag'larni o'tkazib bermagan.
O'tgan chempionatning so'nggi turidan oldin, ya'ni shu yilning iyul oyida «Tambov»ning TsSKA klubiga qarshi Moskvada bo'ladigan o'yinidan oldin Tambov viloyati gubernatori Aleksandr Nikitin futbolchilar bilan uchrashib, klubni moliyalashtirishga va'da bergandi, biroq, bu va'da hozirgacha bajarilmadi», – dedi klub mutasaddilaridan biri.
«Tambov»ning «Spartak» klubiga qarshi o'yini 5 dekabr kuniga rejalashtirilgan. Ungacha esa "Tambov" klubi «Krasnodar» va «Ufa» klublari bilan o'ynaydi.

Bosh sahifaga
294