"Barselona" prezidentligiga nomzod inson o'z maqsadlarini ochiqladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 233

"Barselona" prezidentligiga nomzod Viktor Font Madridning "Atletiko" klubidan kelgan Antuan Grizmann haqida fikr bildirdi.
«Direktorlar kengashi tarkibida tub o'zgarishlarni amalga oshirish kerak. Kengash hozirda klubni yaxshi ko'radigan, ammo, futbol va sport olamida tajribasi hamda ishbilarmonligi cheklangan badavlat kishilardan iborat.
Grizmanning transferini Bartomeu boshqargan, ammo, u futbol hayotining odami emas. Mening kengashim tarkibiga sport olamida tegishli tajribaga ega ishbilarmon odamlar kiradi va kengash faqat klubga ta'sir qiladigan strategik qarorlarga e'tibor qaratadi», - dedi Font.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
292