Pochettino "Barselona"ni boshqarishga tayyor!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 893

Sport.es saytining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, argentinalik murabbiyi Maurisio Pochettino Kataloniyaning "Barselona" klubini boshqarishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, "Tottenxem" klubining sobiq bosh murabbiyi joriy yilning qishi va yozida ikki marta taklif olgandi, biroq ikkisida ham rad javobini bergandi.
Pochettino birinchidan Angliyadan uzoqlashib ketmaslik uchun Ole-Gunnar Sulsherning "Manchester Yunayted" rahbariyati tomonidan iste'foga chiqarilishiga umid qilgandi, ikkinchidan esa "Espanol" klubining ashaddiy raqibi bosh murabbiyiga aylanishni xohlamagandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
259