Millatlar ligasining final bosqichi Italiyada o'tkaziladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 363

UEFA millatlar ligasining final bosqichiga chiqqan 4ta jamoaning nomi aniq bo'ldi. Belgiya, Frantsiya, Ispaniya va Italiya terma jamoalari g'olib uchun kurash olib borishadi.
Turnirning final bosqichi 2021 yilning 6-10 oktyabr kunlari o'tkazilishi rejalashtirilgan. 6-7 oktyabr kunlari yarim final, 10 oktyabr kuni esa final va 3-o'rin uchun bahs o'tkaziladi.
Musobaqaga qur'a tashlash marosimi 2020 yilning 3 dekabr kuni bo'lib o'tadi. Shuningdek, o'sha kuni Millatlar ligasi final bosqichiga mezbonlik qiladigan mamlakat nomi ham e'lon qilinadi. Ma'lumotlarga qaraganda, mezbonlik Italiyaga topshiriladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
206