Millatlar ligasi. Final bosqichiga chiqqan barcha 4 jamoaning nomi aniq bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 351

UEFA millatlar ligasining saralash bosqichiga deyarli yakunlandi (bekor qilingan Shveytsariya-Ukraina uchrashuvi taqdiri hozircha noma'lum).
"A" ligasining o'z guruhlarida birinchi o'rinni egallagan Italiya, Ispaniya, Frantsiya va Belgiya terma jamoalari final bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.
Ispaniya guruhda 11 ochko to'plagan bo'lsa, Italiya – 12, Belgiya – 15, Frantsiya 16 ochko bilan peshqadamga aylanishdi.
Final bosqichi doirasida yarim final o'yinlari 2021 yilning 6-7 oktyabr kunlari, final va 3-o'rin uchun bahs 10 oktyabr kuni o'tkaziladi. Qur'a tashlash marosimi 2020 yilning 3 dekabr kuni bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
272