"Napoli" futbolchisi "Milan"ga qarshi o'yinda maydonga tushmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 401

"Napoli" hujumchisi Viktor Osimxen "Milan"ga qarshi uchrashuvda o'ynay olmaydi. Uchrashuv "A" Seriyaning 8-turi doirasida 22 noyabr kuni (Toshkent vaqti bilan 00:45) bo'lib o'tadi.
Osimxen Nigeriya terma jamoasi safida elkasidan jarohat orttirib oldi. Futbolchiga jarrohlik amaliyoti kerak bo'lmaydi, ammo, shunisi aniqki u "Milan"ga qarshi o'yingacha tiklanishga ulgurmaydi.
Ma'lumot uchun, 2020/2021 yilgi mavsumda Osimxen "Napoli" safida barcha musobaqalarda 8ta o'yin o'tkazib, 2ta gol va 1ta gollik uzatma amalga oshirdi.
Manba: CalciomercatoFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
194